O`tgan hafta Hindistonning sharqiy qirg`og`iga kelib urilgan «Xadxad» dovuli qurbonlari soni 41 kishiga etdi. Bu haqda mamlakat hukumati bergan ma`lumotga tayanib, Korrespondet.net xabar bermoqda.
Dovul natijasida ko`plab uylar va katta miqdordagi qishloq xo`jalik hosili vayron bo`lgan.
Xususan, Vishakxapatnam shahrida deyarli butun o`rmon barbod bo`lib, turistik ob`ektlar, shu jumladan, buddizm ibodatxonalariga zarar etgan.
Tabiiy hodisadan eng ko`p zarar ko`rgan Andxra-Pradesh shtati hukumati mingga yaqin mahalliy aholiga elektr energiyasi uzatilishini tiklash va gumanitar yordam ko`rsatish uchun kuchaytirilgan tartibda ish olib borayotganini ma`lum qildi.





