Tennischimiz Sanjar Fayziev Tailandning Nontaburi shahridagi "Fyuchers" musobaqasida ishtirok etmoqda.
Mukofot jamg`armasi 15000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz ikkinchi raqam ostida saralangan.
Tennischimiz bugun ilk davrada amerikalik Adam El Midaviga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 33 daqiqa davom etgan bahsda Sanjar raqibini 7:6, 6:1 hisoblarida mag`lub etdi va ikkinchi davraga yo`l oldi, deb yozmoqda Olamsport nashri.
Juftlik bahslarida rossiyalik konstantin Kravchuk bilan birga harakat qilgan Fayziev mezbon tennischilarga 3:6, 1:6 hisobida yutqazib qo`ydi.






