AsosiySport

AIBA prezidentligiga saylangan G`ofur Rahimov O`zbekistonga keldi

'AIBA prezidentligiga saylangan G`ofur Rahimov O`zbekistonga keldi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 2-3 noyabr kunlari Moskva shahrida Xalqaro havaskor boks assosiasiyasi (AIBA)ning navbatdagi Kongressi bo`lib o`tgandi.

Kongress davomida hamyurtimiz G`ofur Rahimov AIBA prezidentlik saylovida ishtirok etgan va yakunda g`alaba qozonib, tashkilot rahbariga aylangandi. Rahimov bu borada qozog`istonlik Serik Konakbaevni ortda qoldirdi.

photo5406626410300287426.jpg

Milliy olimpiya qo`mitasidan xabar berishlaricha, bugun, 6 noyabr kuni hamyurtimiz AIBA prezidenti sifatida yurtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabievlar kutib oldi.

photo5406626410300287427.jpg

Eslatib o`tamiz, Umid Ahmadjonov Moskvada bo`lib o`tgan AIBA Kongressida ham bevosita ishtirok etgandi.

photo5406626410300287428.jpg

Ma`lumot uchun: G`ofur Rahimov 2022 yilgacha AIBA prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

    Boshqa yangiliklar