Amazonkaning tropik o`rmonlarida entomolog Petr Naskreski tomonidan bahaybat-o`rgimchak topildi. Bu haqda mywebs.su nashri ma`lumot beradi.
“Dastavval men g`alati bir shovqinni eshitdim. Aslida bu ovoz otning dupuriga o`xshardi. Biroq atrofda na ot va na boshqa jonivor ko`rinmasdi. Shundan keyin, bu biror kalamush yoki tipratikanning ovozi bo`lsa kerak deb o`yladim, biroq ne ko`z bilan ko`rayki bu o`rgimchak edi. Kuzatuvlarim natijasida uning oddiy o`rgimchak emas, bahaybat qo`shxo`r o`rgimchak ekanini aniqladim”, deydi entomolog Petr Naskreski.
Terafoza Blonda sinfiga kiruvchi bu o`rgimchakning old qo`llarining uzunligi 30 santimetrga etadi, umumiy og`irligi esa 2 kilogrammgacha bo`lishi mumkin.





