18 oktyabr kuni Ispaniya chempionati 8-tur doirasida bir qator uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Bu haqda sports.uz nashri xabar beradi.
Dastlab Madridning "Real" jamoasi safarda "Levante"ni yirik hisobda tor-mor etgan bo`lsa, Bilbaoninng "Atletik" jamoasi "Selta" bilan murosa yo`lini tanladi.
Turnir jadvali peshqadami "Barselona" esa o`z maydonida "Eybar"ni yirik, 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Gollarga o`yinning ikkinchi bo`limida Xavi (60), Neymar (72) va Messi (74) mualliflik qilishdi. Messining ushbu goli mazkur chempionatdagi 250 yubiley goli sifatida tarixga qirdi. Endi u Premeroning eng yaxshi to`purari Telmo Sarradan bitta golga ortda qolmoqda.
La Liga 8-tur uchrashuvlari
"Atletik" – "Selta" – 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: Aduris 6 (pen.) – Nolito 73.
Ogohlantirishlar: Orelyana (7), Muniain (56), Iraola (62), Planas (65), Sharles (78), Iturraspe (88).
"Barselona" – "Eybar" – 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: Xavi 60, Neymar 72, Messi 74.
"Barselona": Bravo, Dani Alves, Pike, Mate, Alba, Xavi, Maskerano, S.Roberto (Inesta, 55), Pedro (S.Ramires, 71), Messi, Neymar (Munir, 77).
Ogohlantirishlar: Neymar (40), Lilo (45), Lara (53), Inesta (82).