Joriy yilning 23 noyabr - 1 dekabr kunlari poytaxtimiz yana bir nufuzli musobaqa "CAFA Womenʼs Championship 2018"ga mezbonlik qiladi.
O`zbekiston futbol assosiasiyasi xabariga ko`ra, mazkur musobaqada Qirg`iziston, Tojikiston, Afg`oniston, Eron va O`zbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Barcha uchrashuvlar “Milliy“ stadionda o`tkaziladi.
Bahrom Norsafarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston ayollar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlikni18 noyabrdan boshlab “Chig`atoy“ sport bazasida boshlaydi.
Musobaqa reglamentiga ko`ra, terma jamoalar o`zaro bir-birlari bilan bitta davra ko`rinishida o`yin o`tkazishadi. Eng ko`p ochko to`plagan jamoa g`oliblikka erishadi.
Oldinroq Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi tomonidan yurtimizda 15 va 16 yoshli futbolchilar o`rtasida ikkita musobaqa o`tkazilgan va ular Osiyo futbol Konfederasiyasi tomonidan yuqori saviyada uyushtirilgani e`tirof etilgan edi.






