Olimpiya o`yinlari sovrindori, havaskor boksda jahon chempioni Shahram G`iyosov 24 noyabrda professional boksdagi navbatdagi jangini o`tkazadi.
Shu kuni hamyurtimizga meksikalik charm qo`lqop ustasi Migel Zamudio raqiblik qiladi.
Ma`lumot uchun, Shahram bugungi kungacha professional boksda 5 ta jang o`tkazgan va ularning barchasida g`alaba qozongan. 4 ta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan.
27 yoshli Zamudio esa professional boksda 53 marotaba jang qilishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida u g`alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga). 11 ta jangda esa mag`lubiyat alamini totib ko`rgan (9 ta nokaut). Yana bitta jangda esa durangga erishgan.






