1

O`zbekiston kubogi finalini Junayt Chaqir boshqaradi!

Sport 20.10.2014, 12:46
O`zbekiston kubogi finalini Junayt Chaqir boshqaradi!

O`zbekiston kubogi final uchrashuvini turkiyalik FIFA referisi Junayt Chaqir boshqarib boradi. Bu haqda Turkiyaning www.trtspor.com.tr sayti Turkiya futbol federasiyasiga asoslanib xabar tarqatdi.
Manbaga ko`ra, O`zbekiston futbol federasiyasi shunday taklif bilan Turkiya tomoniga chiqqan. Junayt Chaqir boshchiligidagi hakamlar bunga rozilik bildirishdi. Chaqirga qanotlarda Bahattin Duran va Toriq O`ngun yordam berishadi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston kubogi finali 12 noyabr, chorshanba kuni Olmaliq shahrida bo`lib o`tadi. Unda Toshkentning ikki jamoasi — "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o`zaro sovrin uchun bahs olib borishadi.

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1