AsosiySiyosat

O`zbekiston elchisi Avstriya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

'O`zbekiston elchisi Avstriya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi'ning rasmi

2018 yilning 6 noyabr kuni O`zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Sherzod Asadov Vena shahrida Avstriya federal prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma`lum qildi.

"Xofburg" saroyidagi marosimdan so`ng bo`lib o`tgan suhbat davomida Avstriya davlati rahbari Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida olib borilayotgan O`zbekistondagi izchil o`zgarishlar va keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilishiga Avstriyada qiziqish bilan qaralayotganini qayd etdi. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy o`zgarishlarni yuqori baholadi.

Avstriya prezidenti ta`kidlaganidek, tomonlarni qiziqtirgan barcha yo`nalishlarda o`zaro hamkorlikni kengaytirishdagi faoliyatida O`zbekiston elchisiga har tomonlama yordam ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar