AsosiySport

"Real Madrid" akademiyasi mutaxassislari O`zbekistondagi futbol akademiyalarida master-klass o`tkazadi

'"Real Madrid" akademiyasi mutaxassislari O`zbekistondagi futbol akademiyalarida master-klass o`tkazadi'ning rasmi

O`FA va "Real Madrid" klubi o`rtasidagi hamkorlikning uchinchi bosqichi doirasida "Qirollik klubi" akademiyasi mutaxassislari yana O`zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar beradi O`FA matbuot xizmati.

Bu safar ular viloyatlardagi hududiy futbol akademiyalarida bo`lib, yosh futbolchilar uchun mahorat darslarini o`tib beradi.

11 noyabrdan 23 noyabrga qadar Surxondaryo, Buxoro, Andijon viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston respublikasida bo`lib o`tadigan mahorat darslarida mahalliy futbolchilar va bolalar futboli mutaxassislari ishtirok etadi.

Ma`lumot uchun, joriy yilning sentyabr oktyabr oylarida O`zbekistondagi bir qator yosh futbolchilar Madridga safar qildi. Ular Madridda "Real" klubi akademiyasi, bosh jamoa mashg`ulot o`tkazadigan maydon, "Santyago Bernabeu" stadioni bilan yaqindan tanishib, mutaxassislardan mahorat darslarini olishga muvaffaq bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar