Shu yilning 18-19 oktyabr kunlari Xitoy Taypeyining Taypey shahrida «Legend in Epic Singing & Oral Tradition» mavzusida nomoddiy madaniy merosni saqlashga bag`ishlangan xalqaro forum (Forum on Safeguarding Intangible Cultural Heritage) bo`lib o`tdi.
Forumda Filippin, Xitoy Taypeyi, Marokash va O`zbekistondan kelgan mutaxassislar o`zaro tajriba va fikr almashishdi.
Jumladan, OXUS Culture tashkiloti rahbari Husniddin Ato forumda ishtirok etib, forum ishtirokchilarini O`zbekiston hududidagi Qoraqalpog`iston, Xorazm va Surxondaryo-Qashqadaryo hududiga xos dostonchilik an`analari bilan tanishtirdi.
Shuningdek O`zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ham Forumda ishtirok nomoddiy madaniy merosni saqlash borasida o`z fikr va mulohazalari bilan o`rtoqlashdi.
Forumning eng esda qolarli lahzalaridan biri Abdunazar baxshi ijrosidagi “Alpomish” dostonidan parcha tinglovchilarga katta ta`surot qoldirdi. Shuningdek Abdunazar baxshi Poyonov hamda Xitoy Taypeyi xalq qo`shiqlari, hikoyalari ijrochilari bilan qilingan hamkorlikdagi ijro uzoq o`tmishga ega turli xalqlar nomoddiy madaniy meroslarining bevosita o`zaro bog`liqligi va hamohangligini aks ettirdi.





