1

U-19. Yarim final. O`zbekiston-KXDR 0:5

Sport 20.10.2014, 16:49
U-19. Yarim final. O`zbekiston-KXDR 0:5

Myanmaning Yangon shahridagi "Youth Training Centre" stadionida 19 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatining dastlabki yarim final uchrashuvida O`zbekiston yoshlari KXDR yoshlariga qarshi maydonga tushishdi va 0:5 hisobida mag`lubiyatga uchradi.
Aslida, bunaqangi mag`lubiyatni hech kim kutmagandi. Aksincha, ko`pchilik termamizdan Osiyo chempionlikgini kuta boshlagandi. Afsuski, futbolchilarimiz chorak finaldagi g`alabadan ko`proq quvonib yuborishdi, chog`i bu o`yinda o`z darvozalaridan beshta to`p olib chiqishga majbur bo`lishdi.

To`g`ri, vazifa bajarilgan. Futbolchilarimiz Jahon chempionatiga yo`llanmani olib bo`lishgan. Ammo, bu bilan yarim final o`yiniga bunaqa beparvo bo`lish kerak degani emas edi. Murabbiylar shtabi ham futbolchilar ustida ishlamagani bilinib qoldi. Maydonda harakat qilgan o`yinchilar boshidanoq g`alabaga bo`lgan xatti-harakatlarni amalga oshira olishmadi. Natijada yirik hisobda mag`libiyatga uchrab, musobaqani tark etadigan bo`ldik.

Nima ham derdik, bu futbol. Unda ruhiy jihatdan kuchli hamda intizomli bo`lgan jamoa g`alaba qozonadi. Aynan mana shu narsalar futbolimizga etishmay turibdi.

O`zbekiston yoshlari Jahon chempionatiga munosib tayyorlanishadi, degan umiddamiz.

Osiyo chempionati, yarim final

O`zbekiston - KXDR — 0:5

Gollar: Hamroev (5 avtogol), Cho Kvang Myon (39), Cho Kvang Myon (66), Kim Yu Song (70), So Cho Xyong (74)

KXDR: Cha Jon Xung, Chang Kum Nam, Min Xyo Song, Chan Kum Dong, Kang Nam Gvon, Ri Un Chol, Kim Yu Song, Cho Sol Song, Cho Kvang Myon, Jin Il Sok, Kim Kuk Chol
O`zbekiston: Dilshod Hamroev, Ibrohim Abdullaev, Firdavs Abdusalimov, Doston Tursunov, Javohir Sohibov, Asliddin Abdiev, Otabek Shukurov, Jamshid Boltaboev, Xurshid G`iyosov, Zabihillo O`rinboev, Eldor Shomurodov.

Foto manbasi: twitter.com/UzbekistanFF

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1