AsosiySport

Og`ir atletikachimiz jahon rekordini yangiladi

'Og`ir atletikachimiz jahon rekordini yangiladi'ning rasmi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqa doirasida -102 kg vazn toifasida bahslar o`tkazilmoqda va unda yurtimiz sharafini Akbar Jo`raev himoya qildi.

Biroz avval mazkur vaznda dast ko`tarish bo`yicha bahslar yakunlandi. Hamyurtimiz uchta urinish yakuniga ko`ra 180 kg. tosh ko`tardi va jahon rekordini yangiladi.

Hamyurtimiz hozircha dast ko`tarish yakuniga ko`ra oltin medalga ega chiqdi. Unda shuningdek, siltab ko`tarish va ikkikurash yakunlariga ko`ra medal qo`lga kiritish imkoniyatlari ham bor.

    Boshqa yangiliklar