AsosiySport

Bokschimiz Sanjar Tursunov professional faoliyatini g`alaba bilan boshladi

'Bokschimiz Sanjar Tursunov professional faoliyatini g`alaba bilan boshladi'ning rasmi

Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori Sanjar Tursunov bugun AQShda professional boksdagi debyut jangini o`tkazdi.

Kaliforniya shtatidagi «Fantasy Springs Casino» arenasida o`tkazilgan jangda hamyurtimizga meksikalik Megel Kubos raqiblik qildi. Sanjar Tursunov jangni juda faol boshladi va ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa, 20 yoshli bokschimiz professional ringdagi faoliyatini g`alaba bilan boshladi.

Ma`lumot uchun, Kubos shu kungacha professonal boksda 31 ta jang o`tkazgan va ularning 11 tasida g`alaba qozongan (8 tasi nokaut bilan). 20 ta jangda esa mag`lubiyatga uchragan (9 ta jangda nokautga uchragan).

    Boshqa yangiliklar