1

O`zbekistondagi mehmonxonalarda nonushtaning milliy ko`rinishi joriy etiladi

Madaniyat 10.11.2018, 13:02
O`zbekistondagi mehmonxonalarda nonushtaning milliy ko`rinishi joriy etiladi

O`zbekiston oshpazlar uyushmasi yurtimizdagi mehmonxonalar, hostellar va mehmon uylarida qisqa vaqt ichida nonushtaning milliy ko`rinishi joriy etilishi haqidagi tashabbus bilan chiqdi.

Qaymoq, obi non, somsa, mavsumiy mevalar va sabzavotlar, choy, novvot, yong`oqlar, quruq mevalar va milliy shirinliklar — bularning barchasini “o`zbekona nonushta” standartiga kiritib, turklar, inglizlar yoki fransuzlardagi kabi haqiqiy brendga aylantirish rejalashtirilyapti.

Hozircha bu muhokamalar bosqichida turibdi. Yurtimizdagi yirik mehmonxonalarda “o`zbekona nonushta” yagonaligicha qolmaydi. Yaqin kunlar ichida mahalliy mehmonxonalarda nafaqat mashhur inglizcha va fransuzcha, balki aytaylik, koreyscha, ispancha yoki hindcha nonushtalar ham paydo bo`ladi. Mahalliy oshpazlar esa boshqa mamlakatlardan kelgan hamkasblariga “o`zbekona nonushta” sirlarini ochishadi.

Mutasaddilar yirik mehmonxonalarda “o`zbekona nonushta”ning joriy etilishi byudjetni tejash imkonini berishini ham ta`kidlashmoqda. Zero, milliy nonushta uncha qimmat bo`lmasa-da, etarli darajada xushta`m va to`yimlidir. Ayni paytda milliy standartni yulduzlari sonidan qat`iy nazar mehmonxonalar, hostellar va mehmon uylariga tatbiq etish mo`ljallanyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1