AsosiySport

Dzyudo. Hikmatullo To`raev Toshkent Gran-Prisi g`olibi!

'Dzyudo. Hikmatullo To`raev Toshkent Gran-Prisi g`olibi!'ning rasmi

Toshkent shahrida o`tkazilayotgan dzyudo bo`yicha Gran-Pri turniri o`zining eng qizg`in pallasiga kirdi. Bugun musobaqa doirasida erkaklar o`rtasida -73 kg, -81 kg, ayollar o`rtasida esa -63 kg va -70 kg vazn toifalarida bahslar o`tkazildi.

-73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Hikmatullo To`raev turnir davomida Ruminiya, Shvesiya, Fransiya, BAA vakillarini mag`lubiyatga uchratdi va finalgacha etib bordi. Hal qiluvchi jangda u germaniyalik Igor Vandtkega qarshi tatamiga chiqdi va qiyin kechgan jangda g`alaba qozona oldi. Shu tariqa, Hikmatullo ushbu Gran-Prida terma jamoamiz hisobida dastlabki oltin medalni qo`shib qo`ydi.

Eslatib o`tamiz, kecha musobaqada -60 kg vazn toifasida Diyorbek O`rozboev (kumush), -66 kg vaznli sportchilar o`rtasidagi bahslarda esa Sardor Nurillaev (kumush) va Shahram Ahadov (bronza) sovrindorlar qatoridan o`rin olgandilar.

Musobaqada g`oliblarni taqdirlash marosimida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar