1

Evropa Chempionlar ligasi. Bugun 3-tur boshlanadi

Sport 21.10.2014, 10:21
Evropa Chempionlar ligasi. Bugun 3-tur boshlanadi

Bugun Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 3-tur uchrashuvlariga start beriladi. Unda to`rtta guruhda o`yinlar davom ettiriladi.
Jumladan, Moskvada mahalliy SSKA jamoasi "Manchester Siti" klubini qabul qiladi. Ushbu o`yin oldidan ruslar yaxshigina tayyorgarlikka ega bo`lishgan. Sluskiy "shaharliklar"dan ochko olishni niyat qilgan.

Italiya poytaxti Rimda bo`lsa, "Roma" Germaniya grandi "Bavariya" bilan kurash olib boradi. Mana shu o`yinda "Roma"ning asl salohiyati ko`rinishi kerak bo`ladi.

Gollandiya "Ayaks" jamoasi Kataloniyada "Barselona" imtixonidan o`tadi. Albatta, Luis Enrike shogirdlari avvalgi turda yo`qotgan ochkolarini shu o`yinda jamg`arishlari kerak bo`ladi.

PSJ futbolchilarini safarda APOELga qarshi bellashuv kutmoqda.

Xullas, bugun tunda ajoyib o`yinlarga guvoh bo`lamiz.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1