1

O`rinboev Osiyo chempionati to`purari bo`lishi mumkin, agar...

Sport 21.10.2014, 11:43
O`rinboev Osiyo chempionati to`purari bo`lishi mumkin, agar...

Myanmar davlatida davom etayotgan yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionatida faqat bitta o`yin qoldi.

23 oktyabr kuni bo`lib o`tadigan KXDR – Qatar uchrashuvi bilan musobaqaning g`olibi aniqlanadi. Aytish kerak, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi turnirda yarim finalga yo`l olib, jahon chempionati chiptasini qo`lga kiritdi.

Ahamiyatlisi, garchi termamiz musobaqani tark etgan bo`lsa-da, hamyurtimiz Zabihillo O`rinboev chempionat to`purarlaridan biri bo`lishi mumkin. Hozircha uch futbolchining hisobida 5tadan gol bor. Bular – Zabihillo O`rinboev, Ahmad Al Saadi (Qatar) va Jo Kvang Myong (KXDR).

Agar finalda to`p suradigan qatarlik va koreyalik futbolchilar darvozalarni ishg`ol qila olmasa, O`rinboev to`purarlar qatoriga kiradi. Bu bilan u albatta tarixda qoladi. Terma jamoamiz musobaqa davomida raqiblar darvozasini 8 marta ishg`ol qildi. Gollarning 5tasi O`rinboev, qolgan uchtasi Hamdamov, Shukurov va Shomurodovlar hisobiga yozildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1