AsosiyDunyo

Fransiyada ovqat tarkibida cho`chqa go`shti bor-yo`qligini aniqlab beradigan «Halol-test» o`ylab topildi

Fransiyaning Capital Biotech kompaniyasi musulmonlar uchun oziq-ovqat mahsulotlarida cho`chqa go`shti yoki alkogol bor-yo`qligini aniqlab beradigan «Halol-test»ni o`ylab topdi, deb xabar bermoqda Newsru.com.

The Local nashrining xabar berishicha, ushbu «mini laboratoriya»ning ishlash prinsipi homiladorlik testinikiga o`xshaydi: iste`molchi maxsus lentachani ovqat namunasiga ega issiq suvli stakanga solib qo`yishi kerak va bir necha daqiqadan keyin test o`z natijasini ko`rsatadi.

Capital Biotech kompaniyasi asoschilaridan biri Abdurahmon Shauining so`zlariga ko`ra, bunday test musulmonlar ovqatning halolligini aniqlay olmaydigan holatlarda, masalan, sayohatlar davomida, restoranga borganda yoki uyga ovqat buyrtma berganda ayniqsa qo`l keladi.

    Boshqa yangiliklar