1

"Debyut—2018" V respublika ko`rik-festivali bo`lib o`tadi

Madaniyat 13.11.2018, 17:00
"Debyut—2018" V respublika ko`rik-festivali bo`lib o`tadi

Joriy yilning 15-20 noyabr kunlari "Debyut—2018" V respublika ko`rik-festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda poytaxtimiz va respublikamizning barcha hududlaridan kelgan debyutant rejissyorlar tomonidan sahnalashtirilgan spektakllar namoyish etiladi. Festivalda namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilish bepul.

O`zbek milliy akademik drama teatrida:

“Oq kema” spektakli — 15 noyabr 18:00;

Elomon” spektakli — 16 noyabr 11:00;

Qondoshlar” spektakli — 17 noyabr 16:00;

Chingizxonning oq buluti” — 18 noyabr 10:00;

Sulton Jaloliddin” — spektakli 19 noyabr 16:00;

“Luvr o`rdagi” — 19 noyabr 10:00;

Nido” monospektakli — 20 noyabr 9:00.

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatrida:

Oppog`oy va etti gnom” bolalar uchun balet-ertak spektakli — 18 noyabr 12:00.

Festival doirasidagi spektakllar Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatri, O`zbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri, O`zbekiston davlat drama teatri, O`zbekiston davlat qo`g`irchoq teatri hamda O`zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida ham namoyish etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1