1

"Jannatga yo`l" qashqadaryolik ijodkorlar talqinida

Madaniyat 13.11.2018, 21:22
"Jannatga yo`l" qashqadaryolik ijodkorlar talqinida

Abdulla Oripovning “Jannatga yo`l” asari 1978 yilda yozilgan. Muqimiy nomidagi O`zbekiston davlat musiqali teatrida Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi shoirning shu asari asosida sahnalashtirilgan spektaklni namoyish etdi.

Unda bosh rollarni Shuhrat Rizvonov, Sherzod Mahmashukurov, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan artistlar Oygul Xalilova va Ra`no Mustafoevalar ijro etdi.

– Spektaklda taraqqiyot kushandasi – poraxo`rlikka qarshi kurash g`oyasi ilgari suriladi, – deydi Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rejissyori Isoh To`raev. – Bu kabi spektakllarning yaratilishi yoshlarimizni vatanimiz tarixi, bugungi islohotlar shukuhi bilan tanishtirish asnosida, dorulamon kunlarning qadriga etishga undaydi.

19.JPG

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1