1

Sharif Halilov – ParaOsiyo o`yinlari g`olibi!

Sport 21.10.2014, 14:25
Sharif Halilov – ParaOsiyo o`yinlari g`olibi!
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o`tkazilayotgan ParaOsiyo o`yinlaridan hushxabarlar kelishda davom etmoqda
Hozirgina dzyudo kurashi bo`yicha vazni 81 kg.gacha bo`lgan polvonlar musobaqasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Sharif Halilov ParaOsiyo o`yinlarining oltin medaliga sazovor bo`ldi. 
Chorak finalda eronlik Said Nuri Ja`fariyni, yarim final bellashuvida esa yaponiyalik Yusuke Xatsuseni muddatdan avval (2 daqiqa 40 soniya) ippon bahosi bilan engan Sharif polvonga hal qiluvchi bellashuvda tailandlik Rung Chatfuengni mag`lub etish uchun bor-yo`g`i 19 soniya kerak bo`ldi. 
Shu tariqa, delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 19 taga etdi. Mardonavor sportchilarimiz hisobida ayni paytga kelib 16 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali mavjud va O`zbekiston jamoasi umumjamoa hisobida 4-o`rinda boryapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1