1

Shaxmat. Toshkentda FIDE Gran-Prisining ikkinchi bosqichi boshlandi

Sport 21.10.2014, 14:27
Shaxmat. Toshkentda FIDE Gran-Prisining ikkinchi bosqichi boshlandi

Poytaxtimizda shaxmat bo`yicha erkaklar o`rtasida FIDE Gran-Prisining ikkinchi bosqich musobaqalarining tantanali ochilish marosimi o`tkazildi. 

Haqiqiy bayramona ruxda tashkil etilgan ochilish tantanalarida O`zbekiston shaxmat federasiyasi raisi Alisher Sultonov so`zga chiqib, barcha ishtirokchilarni Gran-Pri turnirining ikkinchi bosqich musobaqalarini boshlanishi bilan samimiy qutlab, barcha qatnashchilarga murosasiz kechishi kutilayotgan bahslarda omad va zafarlar tiladi. 

Shundan so`ng, Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov dunyoda shaxmat sport turini yanada rivojlanishiga katta hissa qo`shayotganligi hamda Toshkent Gran-Pri turnirini yuksak saviyada tashkil etilganligi uchun Davlatimiz rahbariga, shuningdek, tashkilotchilarga o`z minnatdorchiligini izhor etdi. 

Musobaqa bosh hakami, Xalqaro toifadagi arbitr Husan Turdialiev boshchiligida qur`a tashlash marosimi o`tkazilgach, Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) prezidenti Kirsan Ilyumjinov va hamyurtimiz, sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov ramziy ravishda turnirdagi birinchi yurishlarni amalga oshirdilar. 

Quyida, birinchi turda o`zaro kuch sinashadigan juftliklar berilgan:
Anish Giri (Gollandiya, 2768) – Boris Gelfand (Isroil, 2748) 
Shahriyor Mamedyarov (Ozarbayjon, 2764) – Dmitriy Andreykin (Rossiya, 2722) 
Xikaru Nakamura (AQSh, 2764) – Baadur Jobava (Gruziya, 2717) 
Fabiano Karuana (Italiya, 2844) – Maksim Vacher-Lagrav (Fransiya , 2757) 
Rustam Qosimjonov (O`zbekiston, 2706) – Dmitriy Yakovenko (Rossiya, 2747) 
Temur Rajabov (Ozarbayjon, 2726) – Sergey Karyakin (Rossiya, 2767) 
Birinchi tur o`yinlari Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1