1

Rossiya va Sloveniya olimlari saratonni kompleks davolash usulini ishlab chiqdi

Salomatlik 21.10.2014, 14:56
Rossiya va Sloveniya olimlari saratonni kompleks davolash usulini ishlab chiqdi

Rossiyaning Tomsk viloyati olimlari o`zlarining sloveniyalik hamkasblari bilan saratonni majmuali davolashning yangi usulini o`ylab topdi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti». U dunyoda muqobiliga ega emas va bemorlarda o`ziga nisbatan turg`unlikni keltirib chiqarmaydi.

Avvalroq Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo`linmasi instituti Sibir davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda yaralarni tuzatuvchi bog`ichni ishlab chiqqan edi. Undagi faol yutuvchi markazlar elektrostatik omil hisobiga  yaradagi mikroorganizmlarni yo`q qiladi va ularning ko`payishiga yo`l qo`ymaydi. Bu tez bitmaydigan jarohatlarni davolash vaqtini qisqartiradi va antibiotiklar qo`llashga hojat qoldirmaydi.

Sloveniyadagi Jozef Stefan instituti olimlarining fikricha, ushbu materiallarni kimyo terapiyasida qo`llash lozim. Shunda kimyoviy preparatlar dozasi 20—30 martalab kamayishi mumkin bo`ladi.

Hamkorlikdagi tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, shishli hujayralarga ushbu material ta`sir qilinganida hujayra tashqi muhit bilan aloqani yo`qotadi, natijada u o`sish va ko`payishdan to`xtaydi.

Laboratoriyada hayvonlar ustida ko`krak bezi saratoni bo`yicha o`tkazilgan tajribalar muvaffaqiyatli kechgan, ayni paytda teridagi xavfli o`sma bo`yicha hayvonlar ustida eksperiment o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1