AsosiyShou-biznes

Toshkentda xalq cholg`ulari bo`yicha "Ona yurt ohanglari" xalqaro tanlovi boshlandi

O`zbekiston davlat konservatoriyasida “Ona yurt ohanglari” xalqaro tanlovi o`tkazilmoqda. Mazkur tanlovda O`zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Eron, Turkiya kabi davlatlardan yosh musiqachilar o`z mahoratini namoyish etadi.

Xalq cholg`ulari bo`yicha “Ona yurt ohanglari” xalqaro tanlovi yurtimiz musiqa va san`at ta`lim maskanlari badiiy jamoalari ishtirokidagi katta konsert dasturi bilan boshlandi.

Ushbu tanlov yosh ijrochilarning o`z mutaxassisligi bo`yicha ko`nikmalarini mustahkamlash, ularning yangi ijodiy uslublarni egallashiga yaqindan ko`maklashish, ijrochilik san`atini yanada rivojlantirish, bu yo`nalishdagi maktablarni targ`ib etishdek maqsadlarga xizmat qiladi, deb xabar beradi O`zA.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar