Britaniyalik olimlar mumiyolangan jasadning anatomik xususiyatlari asosida tashqi ko`rinishni kompyuterda modellashtirish yordamida Misr fir`avni Tutanxamonning eng batafsil portretini yaratdi, deb xabar bermoqda TASS. U oltin niqob bilan ko`milgan fir`avn qiyofasiga unchalik ham o`xshamaydi.
Olimlarning fikrlariga ko`ra, 19 yoshida vafot etgan Tutanxamonning tashqi ko`rinishi chiroyli bo`lmagan. Uning tishlari qatori egri bo`lgan va pastki jag`i oldinga chiqib turgan, chap oyog`ining to`pig`i va tovoni orasi ancha qayrilib qolgan, shuningdek, beli keng va elkasi tor bo`lgan. Taxminlarga ko`ra, Tutanxamon Misr fir`avnlari oilalarida urf bo`lgan yaqin qarindoshlar orasidagi nikohlar natijasida yuzaga kelgan irsiy kasalliklar bilan og`rigan.
Tadqiqot natijalari BBC telekanalida efirga uzatilishi kutilayotgan «Tutanxamon: ochiq haqiqat» nomli hujjatli filmda to`liq namoyish etilishi rejalashtirilgan.





