1

Shavkat Mirziyoyev Qo`ng`irot tumanidagi oilaviy poliklinikani borib ko`rdi

Madaniyat 16.11.2018, 09:45
Shavkat Mirziyoyev Qo`ng`irot tumanidagi oilaviy poliklinikani borib ko`rdi

Butun mamlakatimizda bo`lgani kabi Qoraqalpog`istonda ham aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatni yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2017-2018 yillarda investisiya dasturi doirasida 36 ta ob`ektda 84 milliard so`mlikdan ziyod ishlar bajarilib, ular 2,8 million AQSh dollari qiymatidagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

“Qo`ng`irot” fuqarolar yig`inidagi 23-oilaviy poliklinika joriy yilda rekonstruksiya qilindi. Zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari o`rnatildi.

Bu poliklinika «Qo`ng`irot», «Shumanay», «Qangli» ovul fuqarolar yig`inlarida yashaydigan 12 ming aholiga xizmat ko`rsatadi. Oliy ma`lumotli shifokorlar bir kunda 100 kishiga xizmat ko`rsatadi.

Poliklinika tarkibida besh o`rinli stasionar va tez tibbiy yordam shoxobchasi tashkil etilgan. Ayollar maslahatxonasi, o`smir-qizlar xonasi, ijtimoiy dorixona, fitobar ochilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilishini, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalar sog`ligi uchun barcha sharoit yaratilishini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1