O`zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Ektor Kuper boshchiligida ayni kunlarda Avstraliyaning Brisben shahrida yig`in o`tkazishmoqda.
Bugun milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper 63 yoshni qarshi oldi. Argentinalik mutaxassis 1955 yilning 16 noyabr kuni tavallud topgan. Terma jamoamiz futbolchilari va delegasiya a`zolari bugun tushlik vaqtida Kuperni tug`ilgan kuni bilan tabriklashdi. Unga eng ezgu tilaklarni tilashdi.
O`z o`rnida biz ham Ektor Kuperni tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz hamda unga omad va zafarlar yor bo`lishini tilab qoladi. Umid qilamizki, ushbu murabbiy qo`lostida milliy terma jamoamiz millionlab yurtdoshlarimizning azaliy orzusini ro`yobga chiqarib, Jahon chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritadi!






