AsosiySport

Toshkentda qilichbozlik bo`yicha jahon kubogi o`tkaziladi

'Toshkentda qilichbozlik bo`yicha jahon kubogi o`tkaziladi'ning rasmi

17-18 noyabr kunlari Toshkent shahri qilichbozlikning sablya yo`nalishi bo`yicha o`smir qizlar o`rtasidagi jahon kubogi bahslariga mezbonlik qiladi.

Musobaqada jahonning 14 mamlakatidan 53 nafar yosh qilichboz qizlar sovrinli o`rinlar uchun kurash olib borishadi. 17 noyabr kuni sportchilar yakkalik bahslarida ishtirok etsalar, 18 noyabr kuni jamoaviy bellashuvlar o`tkaziladi.

Mazkur jahon kubogi sportchilar uchun qimmatli bo`lgan reyting ochkolarini taqdim etadi. Yakkalik bahslarida chempionlikni qo`lga kiritgan sportchi 32 reyting ochkosiga ega bo`ladi. Jamoaviy musobaqada g`olib bo`lgan terma jamoa esa 64 reyting ochkosini ishlab oladi.

Bahslar O`zbekiston gimnastika federasiyasiga qarashli «Universal» sport saroyida bo`lib o`tadi. Bellashuvlarga ertaga soat 10:00 da start beriladi.

    Boshqa yangiliklar