O`zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan "Dubai Cup" musobaqasining ikkinchi turida BAA jamoasi ustidan 2:0 hisobida g`alaba qozonishdi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Futbol assosiasiyasi.
Gollar mualliflari ikkinchi bo`limda zaxiradan tushgan Sanjar Qodirqulov (75) va Islom Qobilovlar (80, penalti) bo`lishdi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston olimpiya terma jamoasi 14 noyabr kuni vakillarimiz Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etishgan edi. Navbatdagi o`yin Quvayt terma jamoasiga qarshi 20 noyabr kuni bo`lib o`tadi.
O`zbekiston jamoasi a`zolari: Umidjon Ergashev, Hojiakbar Alijonov, Islomjon Qobilov, Husniddin G`ofurov, Azizbek Omonov (Farrux Ikromov, 70), Davron Umirov (Oston Urunov, 46), Islom Kenjaboev (Sanjar Qodirqulov, 70), Islom Rashidxonov (Nurullo To`xtasinov, 60), Mirjahon Mirahmadov (Oybek Rustamov, 88), Sherzod Nasrullaev (Dilshod Saidov, 88), Sharof Muhiddinov (Abrorbek Ismoilov, 60).
Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, Bobur Abduxoliqov va Abdulla Abdullaev jarohati sababli Dubaydagi musobaqada ishtirok eta olmayapti.






