Professional boksda mag`lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug`ofurov bugun o`zining navbatdagi jangini o`tkazadi, deb xabar bermoda Olamsport nashri.
Filippinning Pasay Siti shaharchasida o`tkaziladigan 12 raundlik jangda Azizbekka xitoylik Vujati Nuerlang raqiblik qiladi. Hamyurtimiz mazkur jangda o`zining WBC Silver chempionlik kamarini himoya qiladi.
Ma`lumot uchun, Azizbek Abdug`ofurov professional boksdagi faoliyati davomida 11ta jang o`tkazgan bo`lib, ularning barchasida g`alaba qozongan. To`rtta jangda raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratgan.
Chempionlik kamarini shu yilning 5 may kuni Toshkentda o`tgan professional boks kechasida rossiyalik mashhur bokschi Dmitriy Chudinovni ochkolar hisobiga ko`ra mag`lubiyatga uchratgach qo`lga kiritgan edi.
Nuerlang esa debyut jangida mag`lubiyatga uchragan. Lekin keyin o`tkazgan 11ta jangida raqiblaridan ustun kelgan. To`qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.






