1

Evropa Chempionlar ligasi. Bugun «Yuventus», «Arsenal» va «Real» klublari o`ynaydi

Sport 22.10.2014, 09:52
Evropa Chempionlar ligasi. Bugun «Yuventus», «Arsenal» va «Real» klublari o`ynaydi

Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 3-tur uchrashuvlari bugun ham davom ettiriladi. Unda to`rtta guruhda jamoalar navbatdagi raqiblariga qarshi maydonga chiqishadi. 
Jumladan, Madridning "Atletiko" jamoasi safarda "Malmyo" mehmoni bo`ladi. Turinning "Yuventus" klubi ham "Olimpiakos" maydonida kurash olib boradi.

"Galatasaroy" muxlislari qarshisida "Borussiya"ni kutib olsa, "Arsenal" Belgiyada "Anderlext" mehmoni bo`ladi. Londonliklar bugun g`alaba qozonishlari shart.
Bu turda yana bir o`yin borki, uni butun dunyoda kuzatishadi. Angliyaning "Liverpul" jamoasi o`z maydonida Ispaniya grandi "Real" klubini qabul qiladi. Bu o`yin o`zaga yarasha ahamiyat kasb etishini yaxshi bilasiz.

Eslatib o`tamiz, barcha o`yinlar Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.

uff.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1