AsosiyDunyo

Yaponiya hukumati Putinning rasmiy tashrifini bekor qildi

Tokio Rossiya federasiyasi prezidentini Ukrainada davom etayotgan to`qnashuvlar sabab qabul qilishni rad etdi. Bu haqida segodnya.ua xabar beradi.

Yaponiya hukumati Vladimir Putinning joriy yil kuz oyida amalga oshirilishi kerak bo`lgan rasmiy tashrifini bekor qildi. Bu to`g`risida Yaponiyaning Sankei Shimbun nashri yapon amaldorlari ma`lumotiga tayangan holda xabar bermoqda.

Xususan, Yaponiya hukumati mamlakat bosh vaziri Sindzo Abening noyabr oyida Pekinda o`tkaziladigan ATES sammitida uchrashishini ma`lum qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar