AsosiySport

Umid Ahmadjonov O`zbekistonda VAR tizimini tatbiq etish yuzasidan muzokara o`tkazdi

'Umid Ahmadjonov O`zbekistonda VAR tizimini tatbiq etish yuzasidan muzokara o`tkazdi'ning rasmi

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti, O`zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Milliy olimpiya qo`mitasida “Hawk-Eye Innovations Ltd” kompaniyasi Osiyo mintaqasi bo`limining boshqaruvchi direktori Ben Krossing bilan uchrashuv o`tkazdi.

Tomonlar uchrashuv davomida VAR tizimiga oid bir qator yangiliklarni muhokama qildilar. Umid Ahmadjonov ushbu tizimni O`zbekistonda tatbiq etish shartlari, yana boshqa jihatlar bilan qiziqdi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov mehmonga O`zbekiston futbol assosiasiyasi nomidan esdalik sovg`asini taqdim etdi.

    Boshqa yangiliklar