AsosiyDunyo

Papua-Yangi Gvineyada ayollar uchun maxsus avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi

'Papua-Yangi Gvineyada ayollar uchun maxsus avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi 'ning rasmi

Papua-Yangi Gvineyada ayollar uchun maxsus avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yildi, deb xabar berdi Ren.tv nashri.

Yo`lovchi tashuvchi avtobuslar faqatgina xotin-qizlar uchun xizmat qiladi va unga erkaklar chiqishi taqiqlangan. Mamlakat poytaxti Port-Morsbida so`nggi vaqtlarda jinoyat hamda zo`ravonlik ortib bormoqda. Aksariyat holatlarda ayollar zo`ravonliklardan azob chekayotgani qayd etilgan. Nodavlat tashkilot tomonidan yo`lga qo`yilgan ushbu xizmatdan ko`zlangan asosiy maqsad ko`chalarda ayollar xavfsizligini ta`minlashga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar