Bundan 6 yil avval Niderlandiyaning Rotterdam shahridagi galereyadan o`g`irlab ketilgan Pablo Pikassoning “Arlekinning boshi” nomli asari Ruminiyadan topildi, deya xabar qildi TASS nashri.
Bahosi 800 ming evrolik ushbu asar Buxarestdagi Niderlandiya elchixonasiga topshirilgan. Ushbu asar 2012 yil oktyabr oyida jinoiy to`da tomonidan 7 ta boshqa asarlar bilan birga o`g`irlab ketilgan edi. Mazkur holat yuzasidan 3 nafar Ruminiya fuqarosi qo`lga olingan. Hozirgacha ro`yxatdagi o`g`irlangan suratlarning qolganlari topilganicha yo`q.






