Britaniyalik mashhur aktyor Jon Bluzal vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
Jon 90 yoshida qazo qilib, uning o`limi sabablari hozircha oshkor etilganicha yo`q.
Bluzalning aktyorlik karerasi 60-yillarda boshlangan bo`lib, ko`plab filmlarda, jumladan, “Beshinchi unsur”, “Royal kazinosi”, “Yashasin Sezar!”, “Pushti pantera” kabi kartinalarda turli rollarni ijro etgan.






