AsosiyDunyo

Coca-Cola inson umrini qisqartirishi aniqlandi

Olimlarning qayd etishicha, tarkibida qand mavjud bo`lgan gazli ichimliklarni muntazam iste`mol qilish hujayralarning qarishiga olib keladi. Tadqiqotchilar shirali gazli ichimlikning eng katta ishqibozlarida «hayot hisoblagichlari» — ya`ni telomerlar kamayib ketishini aniqladi. Sog`liqni saqlash organlari va qonun chiqaruvchilar quvvatlantiruvchi ichimliklarning bolalar va o`smirlar sog`lig`iga salbiy ta`siridan xavotirlanmoqda, deb xabar berdi Gazeta.ru.

Agarda tarkibida qand bo`lgan gazli ichimliklar muntazam ravishda iste`mol qilinsa, ashaddiy kashandalarda bo`lgani kabi hujayralarning tezkor qarish jarayoni boshlanadi. Oqibatda inson o`zining biologik yoshini oshiradi va hayotini qisqartiradi.

Ushbu ma`lumotlar 20 dan 65 yoshgacha bo`lgan 5309 nafar amerikaliklar ishtirok etgan ovqatlanish va salomatlik bo`yicha milliy tadqiqot natijasida olindi.

Telomerlar (hujayralarning bo`linishida DNKni himoya qiluvchi xromosomaning uchki qismi) uzunligini o`lchash maqsadida tadqiqot ishtirokchilarining barchasidan DNK namunasi olindi. 2009 yilning fiziologiya va tibbiyot bo`yicha Nobel mukofoti sovrindori Elizabet Blekbyorn laboratoriyasida telomerlar o`lchanib, o`rganib chiqildi. Ularning aniqlashicha, odamlar mazkur ichimliklarni qanchalik ko`p miqdorda  iste`mol qilsa, ularning telomerlari shunchalik qisqaradi.

Tadqiqot davomida aniqlanishicha, shirali sodani kuniga 600 millilitrdan ortiq iste`mol qiluvchi eng ashaddiy ishqibozlarda telomerlar shunchalik kamayib ketadiki, bu ularning biologik yoshi o`z yoshiga nisbatan i 4,6 yilga oshishiga va ularning o`limga shunchalik yaqinlashishiga olib keladi.

Mazkur tadqiqot natijalari faqat tarkibida qand bo`lgan gazli ichimliklarga tegishlidir. Parhezli Coca-Cola va boshqa qandsiz gazli ichimliklarni iste`mol qilish telomerlarga hech qanday ta`sir ko`rsatmadi.

Ushbu tadqiqot katta yoshdagi odamlar orasida olib borilgan. Ammo, barchaga ma`lum, shirali gazli ichimliklarning asosiy ishqibozlari bolalardir.

daryo.uz

    Boshqa yangiliklar