AsosiySport

Sherzod Qosimov Kuvayt-Suriya uchrashuvini boshqaradi

'Sherzod Qosimov Kuvayt-Suriya uchrashuvini boshqaradi'ning rasmi

O`zbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalar va o`rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishga jalb qilinmoqda.

Ilgiz Tantashev Yaponiya-Qirg`iziston uchrashuviga tayinlangan bo`lsa, yana bir hamyurtimiz Sherzod Qosimov bugun bo`lib o`tadigan Kuvayt-Suriya uchrashuvini boshqaradi.

Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov yordam berishadi.

Kuvayt - Suriya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar