Rossiya gidrometeorologiya markazi yaqinlashayotgan qish Evropada, jumladan Rossiyaning Evropa qismida so`nggi o`n yildagidan ko`ra sovuqroq bo`lishini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
Markaz ma`lumotlariga ko`ra, qishki harorat o`rtacha iqlimiy ko`rsatkichlarga yaqin bo`ladi. Lekin bunday ko`rsatkich sifatida anchagina sovuq bo`lgan 1961−1990 yillar orasidagi 30 yillik davrning harorati olingani sababli qish so`nggi yillarda ko`nikilganidan sovuqroq bo`lishi aytilmoqda.
Kelayotgan qishda nisbatan issiq va keskin sovuq haroratning almashib turish holatlari ko`p kuzatilishi kutilmoqda. Rossiyaning Evropa qismiga, Sharqiy Evropaga va hattoki G`arbiy Evropaga sovuq havo massalari Shimoliy Qutb ustida paydo bo`ladigan antitsiklon hodisalar tufayli o`tib borishi ma`lum qilingan.





