Buyuk Britaniya hukumati internetdagi haqoratomuz xabar va izohlar (trolling) uchun jazoni to`rt martaga ko`paytirib, ikki yillik qamoq jazosini joriy qilish istagida, deb xabar bermoqda TASSga asoslangan daryo.uz.
«Ba`zi shaxslar internetdan eng noma`qul va shafqatsiz tarzda foydalanmoqda. Biz ularning bunday harakatlari ikki yillik qamoq jazosiga olib kelishini bu shaxslarga anglatib qo`yishimiz lozim», − dedi qirollik adliya vaziri Kris Greyling.
So`nggi oylarda Buyuk Britaniyada ko`plab siyosatchilar, jamoatchilik arboblari, taniqli yozuvchilar va aktyorlar trolling ob`ektiga aylangan. Ularni turli hodisalar yuzasidan siyosiy qarashlari uchun ham haqoratlash holatlari ko`p kuzatilgan. 2013 yilda esa internet-trolling oqibatida bir necha o`smir o`z joniga qasd qilgan.
22.10.2014 13:07





