Turkiyaning Malatya provinsiyasida yo`nalishli avtobus ishtirokida sodir bo`lgan yo`l transport hodisasida 15 kishi jarohat olgan, hayotdan ko`z yumganlar 7 nafar.
Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Malatyaning Darend trassasida sodir bo`lgan. Haydovchi noma`lum sabablarga ko`ra transport boshqaruvini yo`qotadi. Oqibatda avtobus yo`l chetiga chiqib, ag`darilib ketgan.
Jabrlanganlar kasalxonaga etkazilgan bo`lib, YHT bo`yicha surishtiruv-tergov ishlari boshlangan.






