1

Braziliyalik o`zbek futbolchisi

Sport 23.10.2014, 08:59
Braziliyalik o`zbek futbolchisi

Braziliyalik futbolchi, pleymeker Fabio de Lima Dubayning "Al-Vasl" klubida osiyolik futbolchi sifatida to`p surmoqda.

Eng qizig`i, unga ko`pchilik uchun odatiy tus bo`lib qolgan Falastin emas, balki O`zbekiston Respublikasi pasporti berilgan. BAA Futbol uyushmasi uni aynan o`zbekistonlik futbolchi sifatida ro`yxatdan o`tkazgan.
Ma`lumot o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, Osiyo futbol Konfederasiyasining "3+1" qoidasi bor. Ya`ni har bir klub, o`z safida dunyoning turli mamlakatida kelgan 3ta futbolchini ro`yxatdan o`tkazadi. To`rtinchisi esa, bu aynan osiyolik futbolchi bo`lishi kerak. Ya`ni har bir klubda "3+1" kvota berilgan bo`lib, osiyolik o`yinchi bilan ham shartnoma tuzishi mumkin.
Demak, braziyalik futbolchi osiyolik bo`lmasa-da osiyolik sifatida o`ynamoqda. Bu halol o`yin, ya`ni "Feyr pley"ga ziddir. Birinchidan, bunday vaziyatlar osiyolik, xususan o`zbekistonlik futbolchilarning xorijga chiqish imkoniyatlarini so`zsiz pasaytirib yuboradi.
Masalaning ikkinchi tomoni borki, unga qanday qilib O`zbekiston pasporti berilgan? Bu masala osonlikcha hal bo`lmasligini yaxshi bilamiz. Sportchilarning O`zbekiston pasportiga ega bo`lishi birinchi marta kuzatilmayapti. Masalan, osiyolik Vladimir Maminov, Oleg Pashinin, Polyakov va bir qator boshqa futbolchilar 2006 yilgi Jahon chempionati saralash o`yinlarida O`zbekiston terma jamoasida ishtirok etishgan edi.
Bu futbolchi esa, pasporti bo`lgani bilan O`zbekiston terma jamoasiga jalb qilinmagan. Balki, u rostdan ham O`zbekistonda tug`ilgandir?! Murabbiylar shtabi bu haqida bilishadimi?! Balki uni milliy terma jamomizga taklif qilish kerakdir?!
Bilmadim, har holda Fabio de Lima O`zbekiston respublikasi fuqarosi deb e`tirof etilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1