Reynolds American Inc. Tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi kelgusi yildan boshlab o`zining barcha ofislari hamda ishlab chiqarish binolarida chekishni taqiqlaydi.
Kompaniya vakili Devid Xovardning aytishicha, ushbu taqiq qandaydir shaxsiy sabablarga ko`ra ko`chada yoki tashqarida chekishni yoqtirmaydigan xodimlar uchun “chekish joylari” tayyor bo`lishi bilan kuchga kiradi. Xovardning so`zlariga ko`ra, bu taqiq elektron sigaretalarga o`z ta`sirini ko`rsatmaydi.
Reynolds American Inc. AQShda tamakim mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, deya xabar beradi TASS.





