1

Ronaldu: "Messi bilan oramiz juda yaqin"

Sport 23.10.2014, 11:00
Ronaldu: "Messi bilan oramiz juda yaqin"

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turida "Liverpul"ga qarshi safardagi uchrashuvdan so`ng fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

"Bu o`zgacha kun bo`ldi, axir Enfild"da birinchi golimni urdim. Ishonish qiyin, juda xursandman. "Liverpul"ga qarshi o`yin qiyin bo`lishini bilar edik, biz birinchi bo`limni ajoyib tarzda o`tkazdik. "Real" g`alabaga haqli edi.

Men rekordlar va chempionlar ligasida urgan gollarim soniga e`tibor bermayman. Biz Messi bilan bir-birimizga juda yaqin ketyapmiz.

Asosiysi "Real" 3 o`yinda 9 ochko oldi. Chempionlik unvonimizni saqlab qola olamizmi? Nimaga yo`q? Maqsadimiz sari birma-bir qadam tashlab boryapmiz, yana bir marta chempionlar ligasida g`olib bo`lmoqchimiz", - deya Ronalduning so`zlarini keltiradi VVS.

Manba: football.kulichki.net

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1