Sony kinostudiyasi 2020 yilda Marvel komikslari bo`yicha ikkita loyihani amalga oshirmoqchi, deya ta`kidladi Rambler nashri.
Ma`lum qilinishicha, ushbu filmlar syujeti O`rgimchak-odam atrofida aylanadi.
Lekin aynan qaysi filmlar ekani oshkor etilmayapti.
Taxminlarga ko`ra, bular “Morbius, tirik vampir” va “Venom”ning davomi bo`lishi mumkin.






