AsosiyDunyo

Moskvaning "Vnukovo" aeroportida halokatga uchragan Falcon samolyoti "qora quti"laridagi ma`lumotlar qo`lga kiritildi

Moskvaning «Vnukovo» aeroportida halokatga uchragan Falcon samolyotidagi «qora quti»lardan ma`lumotlar muvaffaqiyatli ravishda qo`lga kiritildi, deya xabar bermoqda Interfax Xalqaro aviasiya qo`mitasiga (XAQ) tayanib.

Samolyotga zamonaviy va yaxshi himoyalangan o`ziyozarlar o`rnatilgani ushbu ishlarni tezkorlik bilan amalga oshirish imkonini berdi. Ma`lumotlar XAQ ilmiy-texnik markazida Fransiyaning aviatransportda xavfsizlik qidiruvi va tahlili byurosi mutaxassislari bilan hamkorlikda qo`lga kiritildi.

Tekshiruv ishlari doirasida mutaxassislar aeroportdagi videokuzatuv kameralari yozuvlarini ham o`rganib chiqmoqda. XAQ olib borayotgan qidiruvlardan maqsad aybdorni topish emas, balki xolis tafsilotlarga ega bo`lishdir.

Avvalroq, Total prezidenti Kristof de Marjeri va uch ekipaj a`zosi o`rin olgan engil dvigatelli samolyot «Vnukovo» aeroportida qor tozalovchi mashina bilan to`qnashib ketishi oqibatida samolyotdagi barcha kishilar halok bo`lgani, hech qanday zarar ko`rmagan qor tozalovchi mashina haydovchisi esa mast holatda bo`lgani aniqlangani hamda u ikki sutkaga hibsga olingani xabar berilgan edi. Haydovchining advokati esa gumondor surunkali yurak xastaligi bilan og`rigani tufayli umuman spirtli ichimliklar iste`mol qilmasligini ma`lum qilgan edi.

daryo.uz

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar