AQShning Kaliforniya shtatida bir necha haftadan buyon davom etayotgan o`rmon yong`inlari deyarli bartaraf etildi, deya xabar bermoqda Rossiya 24 nashri.
Bu shtatning zamonaviy tarixidagi eng vayronakor o`rmon yong`ini sifatida qayd etilmoqda. Alanga 62 ming gektar maydonni egallab olgan va umumiy hisobda 14 mingdan ortiq uyni vayron qilgan. Tabiiy ofat qurbonlari soni 85 kishini tashkil etadi. Olovning 95 foizi o`chirilgan bo`lib, hozirda bedarak yo`qolganlar va jasadlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.






