AsosiyDunyo

Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining 3 ta kemasi Rossiya chegaralarini kesib o`tdi

'Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining 3 ta kemasi Rossiya chegaralarini kesib o`tdi 'ning rasmi

Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining 3 ta kemasi Kerch bo`g`ozi tomon harakatlandi va Rossiya chegaralarini kesib o`tdi, deya xabar berdi Vesti nashri.

Rossiya federal xavfsizlik xizmati Ukraina kemalari davlat chegarasini noqonuniy kesib o`tib, Rossiya hududiga kirgani aks etgan suratlarni namoyish qildi. Qayd etilishicha, bu orqali ukrainaliklar BMTning dengiz huquqlari bo`yicha konvensiyasining 2 ta moddasini buzishgan. Rossiya tomoni Azov dengizidagi vaziyat bo`yicha BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig`ilishi chaqirtirilishini talab qildi. Shundan so`ng Ukrainada mamlakatda harbiy holat joriy etildi. Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma`lum qilishicha, bu holat Kiev tomonidan hujumkor amaliyotlar o`tkazilishiga olib kelmaydi.

    Boshqa yangiliklar