Misrning Liksor shahri yaqinidagi Al-Barr tarixiy hududida arxeologlar miloddan avvalgi XII asrga oid 2 ta qabr topishdi, deya xabar qildi News.day.az nashri.
Olimlar bergan ma`lumotlarga ko`ra, qabrlardan birida qadimiy Misr hukmdorligiga eng yaqin bo`lgan kishilardan biri Foarxatep dafn etilgan. Qabr devorlari qadimiy rang-barang freskalar bilan bezatilgan. Mumiyolar juda yaxshi saqlangan.






